BUYUK AJDODLARGA EHTIROM

BUYUK AJDODLARGA EHTIROM

   Joriy yilning 3 dekabr kuni institut “Paxta sanoati texnologiyasi” fakultetining “Mehnat muhofazasi va ekologiya” kafedrasi professor –o‘qituvchilari tashabbusi bilan “Buyuk ajdodlarga ehtirom” mavzusida ma’naviy – ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
   Unda “Mehnat muhofazasi va ekologiya” kafedrasi mudiri O.Yo‘ldosheva, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i T.Allayarov, fakultet dekan muovini I.Yusupov, kafedra professor – o‘qituvchilari hamda talaba – yoshlar ishtirok etdi.
   Tadbirda ajdodlar ibrati, hayot yo‘li va bemisl faoliyati yosh avlod kamolida beqiyos ahamiyatga egaligi, necha asrlarkim, xalqimizning faxru iftixori, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiyning boy ma’naviy merosi tafakkur quyoshi misoli kelajagimiz egalarining har jihatdan yetuk va komil insonlar etib tarbiyalashga xizmat qilib kelayotganligi haqida alohida ta’kidlandi.
   Shuningdek, Navoiyning besh dostondan iborat “Hamsa” asari asosida talaba – yoshlar o‘rtasida teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari, adabiy – badiiy chiqishlar namoyish etildi.
   “Buyuk ajdodlarga ehtirom” deb nomlangan tadbir barchada unutilmas taassurot qoldirdi.

скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

ҳ қ

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
YOPISH