XALQARO OITSGA QARSHI KURASH

XALQARO OITSGA QARSHI KURASH

   Bugungi kunda OITS kasalligi haqida juda ko‘p eshitamiz. Darhaqiqat, targ‘ibot ishlari kuchidan ushbu bedavo xastalikka chalinish sabablari va uning oqibatlari borasida deyarli barcha kishilar boshlang‘ich tushunchaga ega. Lekin, shunday bo‘lishiga qaramay, kasallangan insonlar soni kamayib qolayotgani yo‘q. Demak, jamiyatimizda kasallikni oldini olish bo‘yicha hali ko‘p harakat qilishimiz zarur. Lekin, ko‘pchilik kishilar aynan shu kasallikdan atrofidagi insonlar aziyat chekkandagina xulosa chiqarmoqda.                                                                              
   Shuni inobatga olib, joriy yilning 1 dekabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti ”Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn”, va “Matbaa texnologiyalari” fakultetlarida “Xalqaro OITSga qarshi kurash” kuni munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ushbu davra suhbatiga YeSTD va Matbaa texnologiyalari fakultet dekan muovinlari F.R.Odilov, A.A’zamov, pedagog tarbiyachisi B.N.Boymurotov va  Matematika va informatika kafedrasi o‘qituvchisi A.Abduraxmonov hamda talabalar ishtirok etdi.                                                                  
   Davra suhbatida talabalarga OITS haqida uning alomatlari qanday ekanligi aytib o‘tildi.    
   Darhaqiqat, shuni yodda tutish kerakki, OITS oilaga yoki shaxs­ga qo‘yilgan tamg‘a emas. Chunki bugungi kunda hech kim bu kasallikni yuqtirib olmaslikdan yuz foiz kafolatlanmagan. Xohlaymizmi-yo‘qmi, tibbiy muassasalarga murojaat qilamiz, maishiy xizmat ko‘rsatish muassasalaridan foydalanamiz, u yoki bu xatti-harakatlarimizda ba’zan erkinlikni o‘zimizga ravo ko‘ramiz. Demak, bu dard meni chetlab o‘tadi, degan fikrdan yiroq bo‘lishimiz kerak. Albatta, sog‘lom turmush tarziga rioya etib, doimo sergak bo‘lishimiz lozim. Zero, zamon talabi ham shu.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

ҳ қ

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
YOPISH