NOGIRONLIGI BO‘LGAN BOLALARGA YORDAM BERILDI

NOGIRONLIGI BO‘LGAN BOLALARGA YORDAM BERILDI

   Bugungi kunda butun dunyo aholisining qariyb bir milliarddan, ya’ni etti kishidan kamida bittasida muayyan bir turdagi nogironlik mavjud bo‘lib, barcha nogironlarning 100 milliondan ortig‘ini bolalar tashkil etadi.                                        
   Har yili, 3 dekabr sanasida nogironligi bo‘lgan shaxslar kunining nishonlanishidan asosiy maqsad, butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo‘lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosida ishtirok etishini, nogironlarning manfaatlari, huquqlari inobatga olinishini, barcha mamlakatlarda nogironlarning qadr-qimmatini himoyalovchi qonunlar va tartib-taomillarning joriy etilishini ta’minlab, barcha uchun ochiq va do‘stona bo‘lgan jamiyat qurishdan iboratdir.                                                                                 
   Yurtimizda ham nogironligi bo‘lgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish, ularni jamiyatimizning to‘laqonli a’zosi ekanliklarini ko‘rsatish maqsadida turli tadbir va islohotlar o‘tkazilmoqda.                                                  
   Xususan, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti pedagogika va jismoniy madaniyat kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari “3 dekabr–Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan Chilonzor tumani 66-ICHBUI maktabiga tashrif buyurdilar. Maktabdagi bolalarning ko‘nglini ko‘tarish maqsadida, shu kuni “Tenglar ichida tengman” shiori ostida tadbir uyushtirildi. Ushbu o‘tkazilgan tadbir ruhiy va jismonan rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan aqli zaif, alohida e’tiborga muhtoj bolalar qalbiga xursandchilik solgan bo‘lsa, ajab emas. Shuningdek, tashrif chog‘ida nogironligi bo‘lgan bolalarga homiylik yordami ulashildi.  
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

ҳ қ

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
YOPISH