GIYOHVANDLIK -ASR VABOSI, UNDAN YOSHLARIMIZNI ASRAYLIK!

GIYOHVANDLIK -ASR VABOSI, UNDAN YOSHLARIMIZNI ASRAYLIK!

   Ma’lumki, giyohvand moddalarning g‘ayriqonuniy ravishda muomalaga kiritilishi bugungi kunda eng jiddiy transmilliy xavf-xatarlardan biriga aylanib bormoqda. Bugungi kunda dunyoning barcha mintaqalarida xalqaro narkobiznes va u bilan bog‘liq jinoyatchilikning kengayib borishi kuzatilmoqda.   
   Binobarin, jahon hamjamiyatidan qat’iy va muvofiqlashtirilgan xatti-harakatlarni amalga oshirish, giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha har tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish, qolaversa, giyohvandlik moddalari va ularga qarshi kurashish chora-tadbirlarini yanada kuchaytirishni talab etmoqda.      
   Jumladan, joriy yilning 18 dekabr kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi tomonidan 2018 yil dekabr oyi davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi bilan hamkorlikda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari orasida giyohvandlik va narkotik moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarning sodir etilishini olish maqsadida “Giyohvandlik–asr vabosi, undan yoshlarimizni asraylik!” mavzuida tadbir o‘tkazildi.                                                                              
   Ushbu tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad - yoshlar orasida giyohvand vositalarni olib kirish, tarqatish va saqlash bilan bog‘liq turli jinoyatlarning oldini olish, hamda talaba-yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini tadbiq etishdan iborat.  Shuningdek, mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi tomonidan xalqaro xamjamiyat oldida narkotiklarga qarshi kurash sohasida olgan majburiyatlarini to‘la-to‘kis, izchillik bilan amalga oshirib kelayotganidan dalolat beradi.                           
    Tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazidan X.Djalalov tashrif buyurdi hamda professor-o‘qituvchilar hamda talaba yoshlar ishtirok etishdi.        
Shuningdek, mazkur tadbir davomida yoshlarga giyohvandlik tushunchasi, giyohvandlik va psixotrop moddalar, ularning noqonuniy faoliyati bilan bog‘liq javobgarlik choralari, hamda giyohvand vositalarning inson organizmiga salbiy ta’siri va “Intiho yoxud yo‘qlikka qarab” videorolik namoyish etildi. Jumladan, institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor U. Abdullaev narkotik  hamda giyohvandlikning og‘ir oqibatlari haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berib o‘tdi.                  
   Xususan, tadbirda xalqaro me’yorlarni milliy qonun hujjatlariga implementatsiya qilish va shu orqali me’yoriy-huquqiy negizini yanada takomillashtirish, narkotik moddalar va ular prekursorlarining noqonuniy aylanishi ustidan nazoratni ta’minlash hamda bu boradagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, shu bilan bir qatorda mahallalar, ayniqsa yoshlar orasida tarbiyaviy-ma’rifiy va profilaktik chora-tadbirlarni tizimli olib borishga doir qator taklif-mulohazalar bildirildi. Uchrashuv so‘ngida muhokama qilingan masalalar yuzasidan talaba-yoshlarga bu borada tegishli tavsiyalar berildi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

ҳ қ

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
YOPISH