“TARAQQIYOT STRATEGIYASI” MARKAZIDA OAV UCHUN MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZILDI

“TARAQQIYOT STRATEGIYASI” MARKAZIDA OAV UCHUN MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZILDI

  2018 yil 18 dekabr kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri va vazirlik rahbariyati ishtirokida OAV uchun matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda ta’lim tizimiga oid yangiliklar va bir qator o‘zgartirishlar haqida ma’lumot berildi. 2018/2019 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotalarining ortganligi bilan bir qatorda 51 ta oliy ta’lim muassasasida sirtqi ta’lim, 22 ta oliy ta’lim muassasasida maxsus sirtqi ta’lim va 9 ta oliy ta’lim muassasasida kechki ta’lim shakllari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.                                     
  Binobarin, talabalar sonining ortishi o‘z navbatida professor-o‘qituvchilar sonining ham ortishiga sabab bo‘ldi. Xususan, respublika oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar soni 2018/2019 yilga ko‘ra, 25 ming 418 nafarga yetdi.   
   Oxirgi 2 yil ichida ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar davlat byudjetidan moliyalashtirish hajmining o‘sishiga olib keldi. 
  Shu jumladan, 2018 yilda jami 784,7 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, shundan 351, 3 milliard so‘m - ish haqiga, 269 milliard so‘m - stipendiyaga, 86,3 milliard so‘m - ish haqidan ajratmaga va 78,1 milliard so‘m - boshqa harajatlarga sarflandi. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

ҳ қ

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
YOPISH