INSTITUTDA “TAFAKKUR SINOVLARI” 2018 FINAL BOSQICHI O‘TKAZILDI

INSTITUTDA “TAFAKKUR SINOVLARI” 2018 FINAL BOSQICHI O‘TKAZILDI


  Tafakkur sinovlarini respublika bosqichlari barcha oliy ta’lim muassasa hamda filiallarini o‘z ichiga qamrab olib yurtimizning barcha hududlarida o‘tkazilib kelinmoqda.        
   Joriy yilning 17 dekabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida hududiy tanlovda g‘olib bo‘lgan jamoalar final bosqichidaishtirok etish uchun tashrif buyurishdi. Ular Andijon Davlat universitetining “Andijon yoshlari”, Buxoro Davlat universitetidan “Kelajak yoshlari”, O‘zbekiston Milliy universitetining “Istiqlol” va Toshkent davlat yuridik universitetining “Adolat” jamoasi hamda Navoiy davlat pedagogika institutining “Femina” komandalari ishtirok etishdi. Tafakkur sinovlari tanloviga oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi bo‘limi boshlig‘i hay’at raisi B. Egamberdiev, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi ijtimoiy, huquqiy masalalar va huquqbuzarlik profilaktikasi bo‘limi mudiri hay’at a’zosi A. Alimov, Adliya vazirligi huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bosh boshqarmasi bosh maslahatchisi hay’at a’zosi G‘. Pirimov va Davlat boshqaruv  akademiyasi qoshidagi yoshlar masalalarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti Axborot tahliliy bo‘limi boshlig‘i hay’at a’zosi A.X.Hazratqulovich hamda fuqarolik jamiyatini shakllantirishni monitoring qilish mustaqil instituti shuba rahbari hay’at a’zosi G‘.Mahammadjonovlar baholab borishdi. Musobaqa qonun qoidalari bilan musobaqa hay’at raisi B.Egamberdiev ishtirokchilarga eslatib o‘tdi. Tafakkur sinovlarida qatnashayotgan yosh talabalar o‘z iqtidorlarini talqin qilib berishdi. Ularning har bir chiqishlari tomoshabinlarning o‘ziga jalb etdi hamda tafakkur qilishlikka undadi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. I.S.Turgenev o‘z ijod mahsulida yoshlik haqida shunday degan: O, yoshlik! Yoshlik! Ehtimol, butun latofating siri hamma narsani uddalash imkoniyatiga ega ekanligingda emas, balki hamma narsani uddalayman, deb o‘ylash imkoniyatiga ega bo‘lganligingdadir.                                                                                                                
   Darhaqiqat, “Tafakkur sinovlari” respublika bosqichi talaba yoshlarida kuch-g‘ayrat, shijoat barcha jamoalarda shunday sezilib turdi. Buni tomoshabinlar ham his qilib turishdi. Biroq, kimdir g‘olib va kimdir mag‘lub bo‘lish vaqti ham yetib keldi. Natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston Milliy universitetining “Istiqlol” jamoasi 1-o‘rinni, Toshkent davlat yuridik universiteti “Adolat” 2-o‘rin va Andijon Davlat universiteti “Andijon yoshlari”ga 3-o‘rin nasib etdi. Qolgan jamoalar faol ishtirokchilari uchun esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar va bu yilgi 2018 “Tafakkur sinovlari” ko‘rik tanlovi o‘z nihoyasiga yetdi.   

скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

ҳ қ

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
YOPISH