KELAJAK SARI DADIL QADAM

KELAJAK SARI DADIL QADAM

   Joriy yilning 19 dekabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti majlislar zalida 4-bosqich “Matbaa texnologiyasi” va “To‘qimachilik sanoati texnologiyasi” fakultetlari talaba yoshlari o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi. Ushbu davra suhbatini institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori X.H.Kamilova olib bordi. Bundan tashqari yig‘ilishda fakultet dekanlari ham ishtirok etishdi. Suhbat jarayonida institut talabalarining o‘quv yilini tamomlaganlaridan so‘ng ularni ish bilan ta’minlash masalasi ko‘tarildi. Bugungi kunda yurtimizda ishlab chiqarishga bo‘lgan e’tibor alohida kasb etmoqda. Ayniqsa, “Texnopark” qurib bitkazilishi institut bitiruvchilari uchun ayni fursat. Shuni inobatga olgan holda, “Texnopark” to‘g‘risida ham so‘z yuritildi. Shundan so‘ng bitiruvchilarning diplom ishi mavzularining dolzarbligi va magistratura haqida batafsil ma’lumot berildi. Har bir diplom ishi qo‘lyozma holida bo‘lish kerakligi ham uqtirildi.                  
   Ma’lumki, barcha oliy ta’lim bitiruvchisi attestatsiyadan o‘tadi. Davra suhbatida bu yilgi attestatsiyaga tayyorgarlik jarayoni haqida to‘xtalib o‘tildi.   Shuningdek, xorij o‘qitish usullari va ularda 3 yil nazariy qolgan bir yil  esa amaliyot tarzida bo‘lishligi aytib o‘tildi.                                                          
   Suhbat so‘ngida talabalar o‘zlari qiziqtirgan savollariga javob olishdi. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

ҳ қ

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
YOPISH