O‘ZBEKISTON-ROSSIYA TA’LIM FORUMI

O‘ZBEKISTON-ROSSIYA TA’LIM FORUMI

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda respublika iqtisodiyotining ishlab chiqarish va real sektori tarmoqlari uchun yuqori malakali, xalqaro miqyosda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirish, shuningdek, oliy ta’lim tizimida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga xamkor bo‘lgan Rossiya Federatsiyasining A.N.Kosigin nomidagi Rossiya davlat universiteti  bilan qo‘shma dastur asosida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
   Barchamizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining qator yetakchi oliy ta’lim muassasalari tashabbusi bilan ilk marotaba “O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi” o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida ham 17 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasining A.N.Kosigin nomidagi Rossiya davlat universiteti, Ivanovo davlat politexnika universiteti, Kostroma davlat universitetlarining rektorlari tashrif buyurdilar.
   Rossiya Federatsiyasining A.N.Kosigin nomidagi Rossiya davlat universiteti, Ivanovo davlat politexnika universiteti, Kostroma davlat universiteti hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti o‘rtasida muzokaralar olib borildi. Ushbu yig‘ilishda institut rektori S.Yunusov so‘zga chiqib, mehmonlarga va yig‘ilganlarga bu ikki davlatning o‘zaro munosabatlari ko‘p yillik tarixga ega ekanligini, kelajakda kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishda bajaradigan vazifalarimiz bir qancha ekanligini, to‘qimachilik, yengil sanoat, charm-mo‘yna va matbaa sohalarining mavqeyini yanada baland cho‘qqilarga ko‘tarishimiz barchamizning oldimizga qo‘ygan maqsadlarimizdan biri ekanligini aytib o‘tdi. Mazkur yig‘ilish so‘ngida ikki oliy ta’lim muassasasida ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, talabalarning ilmiy innovatsion forumlarni o‘tkazish, hamkorlik o‘quv va ilmiy adabiyotlar yaratish, ilmiy-tadqiqotlar olib borish kabi masalalar kelishib olindi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

ҳ қ

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
YOPISH