OʻZBEKISTON-ROSSIYA HAMKORLIGIDAGI  “TOʻQIMACHILIK TEXNOLOGIYASI-2018” XALQARO SEMINARI

OʻZBEKISTON-ROSSIYA HAMKORLIGIDAGI “TOʻQIMACHILIK TEXNOLOGIYASI-2018” XALQARO SEMINARI

   Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi 2909-sonli 2017-2021 yillarda “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorini ijrosi yuzasidan Joriy yilning 19 oktabr kuni Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi va Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg Davlat sanoat texnologiyalari universitetining “Kimyoviy texnologiya va to‘qimachilik dizayni” kafedrasi hamkorligida “Toʻqimachilik texnologiyasi-2018” xalqaro ilmiy seminari o’tkazildi. Ilmiy seminarni Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori A.E.Gulamov va Sankt-Peterburg universitetining prezidenti, faxriy professor Romanov Viktor Yegorovich ochib berdilar. Ilmiy seminarda texnika fanlari doktori, professor Kiselev Aleksandr Mixaylovich, texnika fanlari doktori, professor Abdukarimova Mavjuda Zakirovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent Dashchenko Natal’ya Vital’yevna va boshqalar oʻz ma’ruzasi bilan ishtirok etdilar. Seminar davomida sohada ro‘y berayotgan o‘zgarishlar va yangiliklar haqida ma’lumotlar aytilib, sohaga qiziqish bildirgan professor o‘qituvchilar va talabalarning savollariga tegishli javoblar berildi. Seminar qiziqarli va mazmunli tarzda yakunlandi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

ҳ қ

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
YOPISH