TALABALARNING AMALIY KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA SOHA KORXONALARINING O‘RNI

TALABALARNING AMALIY KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA SOHA KORXONALARINING O‘RNI

   Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida joriy yilning 10 yanvar kuni “Talabalarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishda soha korxonalarining o‘rni” mavzuida Respublika ilmiy-uslubiy konferensiya o‘tkazildi. Ushbu konferensiyaga “Matbuot va axborot agentligi” boshqarma boshlig‘i Sh.Yusupov, “Toyota” firma menedjeri B.Yunusov, “MOTEX” firmasi direktori R.Memetov, “Tashkent textle” korxona direktori A. Mirzaaxmedov, “BONITO” korxona boshlig‘i, “GERBER Texnology” korxonasi, “RIETER” MCHJ direktori o‘rinbosari F.Oxunboboev, “APITEX” korxona boshlig‘i Verishyagin va “Sharq nashriyoti matbaa ijodiyoti” boshqarma boshlig‘i B.Qambarov hamda ommaviy axborot vositalari tashrif buyurishdi. Shuningdek, konferensiyada yetakchi mutaxassislar, sohaga oid uskunalar, va butlovchi qismlarni yetkazib beruvchi tashkilot va firmalarning vakillari, tayanch va turdosh oliy ta’lim muassasalarining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorlari, mutaxassislik kafedra mudirlari, ilmiy xodim va o‘qituvchilari ishtirok etdi.                                                                                  
   Ushbu konferensiyani institut rektori B.Onorboev ochib berdi. Shundan so‘ng institut o‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i B.Xasanov “Oliy ta’limning me’yoriy hujjatlarini takomillashtirish” haqida fikr bildirdi.                                                              
   “Talabalarning amaliy  ko‘nikmalarini shakllantirishga innovatsion yondashuv” haqida esa “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi bo‘lim boshlig‘i Sh.Abdulazizov o‘z munosabatini bildirdi va sohaga oid takliflar berib o‘tdi.                    
   Jumladan, кonferensiyada yangi zamonaviy texnologiyalar asosida professor-o‘qituvchilarning yuksak kasbiy tayyorgarligini ta’minlash, stajirovkalarini tashkil etish, talabalarning amaliy ko‘nikmalarini yaxshilash borasida tajriba almashish hamda zamonaviy ta’limni moddiy-texnik va uslubiy quvvatlashning istiqbolli shakllari muhokama qilindi.                               
   Shuningdek, yetakchi kompaniyalarning rahbarlari ishtirokida oliy ta’lim sifatini yuksaltirishning dolzarb masalalari haqida fikr-mulohaza va takliflar berildi hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish istiqbollari belgilab olindi.              
   Darhaqiqat, oliy ta’lim jarayonida nazariya va amaliyot yaxlitligini ta’minlash, talabalarning malakaviy amaliyotlarini ishlab chiqarish korxonalarida o‘tkazish va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish malakali mutaxassislar tayyorlash omilidir. Shu haqida institut o‘quv ishlar prorektori X.H.Kamilova o‘z intervyusida amaliy bilim katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi. –Institutni bitirgan kadrlar asosan to‘qimachilik sanoati, ipakchilik, charmpoyabzal sohasida faoliyat yuritib kelmoqda. Bugungi kunda korxonalar tomonidan amaliy bilimga ega bo‘lgan institut talabalariga amaliyot vazifasi yuklanmoqda va talab etilmoqda. Shuni inobatga olib bugungi konferensiyada o‘z oldimizga qo‘ygan maqsad vazifalarimizni birgalikda yechishlikka harakat qilyapmiz. Shuningdek, o‘quv rejalar, dasturlar, amaliy o‘tish mexanizmini ishlab chiqish lozim deydi, suhbat jarayonida X.H.Kamilova. Hammamizga ma’lumki, bugungi korxona va firmalarda yangi zamonaviy texnologiyalar mavjud. Shuni qayd etish joizki, ish beruvchi korxonalar asosan institutning moddiy bazasiga ko‘mak berishmoqda. Bundan tashqari filiallar ochilmoqda, natijada amaliyot o‘tashda institut talabalariga hamda bitiruvchilarning ilmiy ishlarini   yozishlikka bu qo‘l kelmoqda.     
   Konferensiya doirasida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti negizida “NAPA TEAM” MCHJ va “SEWING MACHINES TRADING” MCHJ bilan birgalikda “Talabalar konstuktorlik byurosi” ochildi. Ushbu byuro faoliyatini yo‘lga qo‘yilishi talabalarning amaliy ko‘nikmalarini yaxshilashga xizmat qiladi. Jumladan, talabalarga texnolog va dizaynerning professional ishlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi hamda professional darajasini oshirish uchun imkoniyat beradi. Xususan, TKB muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatish uchun “NAPA TEAM” MCHJ va “SEWING MACHINES TRADING” MCHJlar institutga zamonaviy tikuv uskunalari sinfini taqdim etishdi. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

ҳ қ

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
YOPISH