VATAN ISHONCHLI QO‘LLARDA

VATAN ISHONCHLI QO‘LLARDA

    Inson farzandi qaerda, qaysi mamlakatda dunyoga kelsa ana shu er uning uchun qadrli vatanga aylanib qoladi. Kindik qoni to‘kilgan joy inson uchun hamma narsadan ham qimmatli dargohdir. Vatanni sevish, undagi bor narsalarni ardoqlab, sog‘inib yashash insoniyat fitratida mavjud bo‘lgan nozik his-tuyg‘udir. Tarixdan ma’lumki, biror bir millat boshqa millatni tahqirlamoqchi yoki oyoq osti qilmoqchi bo‘lsa, avvalo, uning vatanini bosib olib, vayron qilgan yoki ularni vatanidan quvib chiqargan. O‘z vatanini dushmanlar qo‘lida qolganini ko‘rgan millatga bundan ortiq xo‘rlik va azob yo‘q. Vatan, millat, din tushunchalari inson uchun har narsadan aziz va muqaddasdir. Buyuk alloma Alixonto‘ra Sog‘uniy hazratlarining so‘zlari ona-Vatanni sevgan har bir kishining qalbida g‘ayrat va shijoat uyg‘otadi: "Har bir kimsaga ma’lumki, hayot olamida insonning eng sevgan,qadrli, qimmatli to‘rt narsasi bordir. Bu to‘rt narsaga ega bo‘lmagan kishilar insonlik sharafidan mahrum bo‘lurlar. Ular: ozodlik va erkinlik, mehnat bilan topilgan molga o‘zi egalik qilmog‘i, tug‘ilib o‘sgan ona-Vatani hamda asrlar bo‘yi asrab-avaylab kelayotgan muqaddas dini".                                                                                             
   Yurtimiz mustaqil bo‘lgandan so‘ng o‘z armiyasiga ega bo‘ldi. Shuningdek, “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni” deb e’lon qilindi. Xususan, joriy yilning 12 yanvar kuni institutning “Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn” fakulteti “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasida “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni” ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Tadbirda TTYeSI “Harbiy kafedra” podpolkovnigi A.Ismoilov, O‘zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi  Yakkasaroy tumani kengashi raisi D. Xo‘jaev, institut dekani R.Akbarov, dekan o‘rinbosari F.Odilov, “TBKT” kafedrasi mudiri M.Mansurova, kafedra faxriy ustozi texnika fanlari nomzodi, dotsent, X.Samarxodjaev, kafedra professor-o‘qituvchilar va 2-3-4-bosqich talabalari qatnashdilar.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

ҳ қ

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
YOPISH