MILLATLARARO TOTUVLIK HOTIRJAMLIK SARI

MILLATLARARO TOTUVLIK HOTIRJAMLIK SARI

   Joriy yilning 18 yanvar kuni Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi Haydar Aliev nomidagi Madaniyat markazida “Ulug‘ vatan urushi qatnashchilari xotirasi uchun” badiiy kecha tashkil etishdi. Kechani Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi muxtor elchisi Guseyn Guliev ochib berdi va Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik haqida hamda san’at va  madaniyat sohalari to‘g‘risida ta’kidlab o‘tdi. Ushbu kechada Ozarbayjon xalq kuylari va musiqali chiqishlari mehmonlar uchun taqdim etildi. Shuningdek, tadbirda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Matbaa texnologiyalari” fakulteti talaba-yoshlari, “Tillar” kafedrasi o‘qituvchisi Sh.Nurbekova hamda institut Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yoshlar yetakchisi A.Azimovlar ishtirok etdi. Tadbir yakunida Madaniyat markazi direktori Samir Abbasov tomonidan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti raxbariyatiga alohida tashakkur bildirildi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH