HAMKORLIK REJALARI MUHOKAMASI

HAMKORLIK REJALARI MUHOKAMASI

   Joriy yilning 20 oktabr kuni Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining “Kimyoviy texnologiya” kafedrasida Rossiya Federatsiyasining Toʻqimachilik kimyosi boʻyicha olimlari va Oʻzbekiston Respublikasining olimlari kelgusidagi hamkorlik rejalarini muhokama qilishdi. Muhokamada Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg Davlat sanoat texnologiyalari universitetining “Kimyoviy texnologiya va to‘qimachilik dizayni” kafedrasi professori, texnika fanlari doktori Kiselev Aleksandr Mixaylovich va texnika fanlari nomzodi, dotsent Dashchenko Natal’ya Vital’yevna, Mirzo Ulug’bek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi direktori Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, fizika-matematika fanlar doktori, professor Muqimov Kamil Muqimovich, Mirzo Ulug’bek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining Fizika fakulteti professori Xolmoʻminov Ablufotto Axatovich, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining “Kimyo” kafedrasi professor-oʻqituvchilari A. Rafikov, Sh. Jalilov, S. Karimov, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi professor-oʻqituvchilari M. Abdukarimova, D. Xudoyberdiyeva, I. Nabiyeva va A. Miratayevlar qatnashdilar. Muzokaralar davomida birgalikda bajariladigan ilmiy tadqiqot ishlari rejalari hamda ta’lim sohasidagi hamkorlik ishlari rejalari tasdiqlab olindi. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

ҳ қ

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
YOPISH