ILMDAN BOSHQA NAJOT YO‘Q

ILMDAN BOSHQA NAJOT YO‘Q

   Joriy yilning 22 yanvar kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Matbaa texnologiyalari” fakulteti jamoasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi  hamda O‘zbekiston Respublikasi  Halq ta’lim vazirligining 2018 yil martdagi Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari  va umumta’lim maktablari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash to‘g‘risidagi 30 q/q 18-sonli qarori  hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil  9 noyabrdagi 917-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Chilonzor  tumanida joylashgan 162-sonli umumta’lim maktabida “Maktab va mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish dolzarb masala” mavzusida tadbir o‘tkazildi.                                                 
   Tadbirda “Matbaa texnologiyalari” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.A’zamov,  TJICHAB kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi A.Qaxxorov, katta o‘qituvchi U.Xo‘janazarov, Tillar kafedrasi o‘qituvchilari Sh.Nurbekova, D.Nishonova hamda 162-maktab direktori E.Yuldasheva, maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari shuningdek, “3-Katta Chilonzor” mahalla faollari ishtirok etishdi. Ushbu tadbirning asosiy qismida o‘quvchilar uchun chuqur bilim olish, kelajakda yurtga manfaat berish, yangi ixtirolar ustida ish olib borish va keng imkoniyatlardan oqilona foydalanish aytib o‘tildi. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH