YOSH OLIMLARGA GRANT AJRATILDI

YOSH OLIMLARGA GRANT AJRATILDI

   Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etilgan “Respublika yosh olimlarining innovatsion loyihalari” grant tanlovi g‘oliblari aniqlandi deb xabar berdi www.pv.uz sayti. Tanlov yakunlariga ko‘ra aniq, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlar yo‘nalishida to‘qqiz nafar yosh olimga o‘z loyihasini amaliyotga birlamchi tatbiq etishi uchun 5 million so‘mdan berildi. Yosh olimlarning ushbu loyihalari o‘zini oqlasa va uni O‘zbekiston sharoitida amaliyotga tatbiq etish mumkin bo‘lsa, ularga yana qo‘shimcha 5 million so‘mdan mablag‘ ajratiladi.                                            
   Ma’lumot uchun, “Respublika yosh olimlarining innovatsion loyihalari” grant tanlovida bakalavriat, magistratura, doktoranturada tahsil olayotgan, shuningdek, mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy izlanishlar olib borayotgan 18-35 yoshdagi yoshlar o‘zining ilg‘or loyihalari bilan ishtirok etishlari mumkin.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH