OCHIQ MULOQOT YUQORI SAVIYADA O‘TKAZILDI

OCHIQ MULOQOT YUQORI SAVIYADA O‘TKAZILDI

   Bugungi kunda davlatimiz tomonidan har bir sohaga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, ta’lim sohasini rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlar, imkoniyatlar hamda ilm olishga bo‘lgan rag‘batga keng yo‘llar ochib berilmoqda. Shuningdek, joriy yilning oktyabr-dekabr oylari davomida 239 ta maktablarning 5-11 sinf o‘quvchilari bilan ochiq muloqotlar, tanlovlar va boshqa mazmunli tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish ko‘zda tutilgan. Xususan, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institut rektori S.Yunusov Toshkent viloyati Zangiota tumani 26 sonli maktabda ochiq muloqot tashkil etdi. Tadbirda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirishga qaratilgan turkum ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar haqida fikr almashilindi. Maktab o‘quvchilari o‘rtasida ilm olishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida tegishli ko‘rsatmalar berildi. Ochiq muloqot yuqori saviyada o‘tkazildi. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

ҳ қ

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
YOPISH