DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZM–TAJOVVUZKOR SIYOSIY FAOLIYATDIR

DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZM–TAJOVVUZKOR SIYOSIY FAOLIYATDIR

   Bugun dunyodagi siyosiy vaziyatni kuzatar ekanmiz, turli xil mafkuraviy kurashlarning maydoniga aylanib xonavayron bo‘lgan mamlakatlardagi ayanchli manzaralar va ularda minglab begunoh insonlarning qurbon bo‘layotganini guvohi bo‘lamiz. 
   Islom dinining mukammal qonuniyatlarini tushunmay turib, uning mohiyati, ezgu g‘oyalarini anglamasdan, turli aqidaparast buzg‘unchi, yovuz kuchlarning ta’siriga berilib, o‘z yurtiga qurol o‘qtalish holatlari ma’naviy manqurtlik sifatlaridan hisoblanadi. 
Har bir inson o‘z qalbiga ma’naviyat va ma’rifatni, insoniylik va yuksak bilimni jo qilmas ekan, diniy ekstremizm, terrorizm kabi illatlarga duchor bo‘laveradi. 
   Diniy ekstremizm va terrorizm hamda aqidaparstlik ma’naviy tahdidlardan bo‘lib, ular o‘zlari mansub bo‘lgan diniy konfessiya vakillarini radikal harakatlarga chorlovchi, mamlakatdagi tinchlik va osoyishtalikni izdan chiqarishga intiluvchi, mavjud konstitutsion tuzumni ag‘darib tashlashga da’vat etuvchi tajovvuzkor siyosiy faoliyatdir.
   Yurtimizda mazkur illatlarga qarshi kurashish davlatimiz va hukumatimiz oldida turgan eng muhim masaladir.
   Bu borada davlat organlari, davlat va nodavlat tashkilotlar hamda jamoatchilik vakillari tomonidan salmoqli chora-tadbirlar, ushbu illatni yo‘q qilish, uning ildiziga bolta urish, xalqimizni uning domiga tushib qolmasliklari uchun tegishli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
   Bu boradagi ishlarni davom ettirish, diniy ekstremistik harakatlar bo‘yicha mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini talaba-yoshlarga yanada chuqurroq tushuntirish va targ‘ib qilish maqsadida 24 oktyabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining madaniyat saroyida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning mas’ul xodimi Mukarramov Nurillaxon o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. 
   Anjumanda diniy ekstremizm va terrorizm, uning salbiy oqibatlari, uning domiga tushib qolganlarning ayanchli taqdirlari misollar asosida tushuntirib o‘tildi hamda unga qarshi kurashishda yoshlarning ham o‘rni beqiyosligi ta’kidlab o‘tildi. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlardagi har hil ma’lumotlardan ehtiyot bo‘lish haqida qizg‘in suhbat bo‘ldi. Tadbir bahs-munozara tarzida o‘tib, talaba-yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassisdan javob olishdi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

ҳ қ

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
YOPISH