HAMKORLIK AMALIYOTDA QO‘LLANILMOQDA

HAMKORLIK AMALIYOTDA QO‘LLANILMOQDA

   Bugungi kunda xorij ta’lim muassasalari bilan yurtimizning ko‘pgina oliy ta’lim muassasalari ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha hamkorliklar, memorandumlar va shartnomalar imzolashgan. Shuningdek, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti ham o‘z sohasini rivojlantirish bo‘yicha bir qancha xorij o‘quv yurtlari bilan hamkorlik olib bormoqda. Jumladan, Rossiya Federatsiyasining A.N.Kosigin nomidagi Rossiya davlat universiteti  bilan qo‘shma dasturi asosida institutda kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.                                                                           2 fevral kuni institutda A.N.Kosigin nomidagi Rossiya Davlat universiteti (Texnologiyalar, Dizayn, San’at) “To‘qimachilik texnologiyalari” kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor Aleksey Fyodorovich Plexanov “Dunyoda to‘qimachilik sanoatining rivojlanishi” mavzuida ma’ruza o‘qidi. Ushbu ma’ruzada institutning “Yigirish texnologiyasi” kafedrasining professor-o‘qituvchilari, talabalari va yigirish to‘garagining a’zolari ishtirok etdi. Professor A.F.Plexanov o‘z ma’ruzasida to‘qimachilik tarixi, to‘qimachilik sanoatini rivojlanishiga hissa qo‘shgan olimlar, Rossiyada  kimyoviy tolalar ishlab chiquvchi korxonalar, noto‘qima mato ishlab chiqarish, geotekstil sohalari haqida qiziqarli ma’lumotlar berib o‘tdi. Xususan, Friksion va aerodinamik yigirish mashinalarining ishlashi, uning xususiyatlari  haqida tushunchalar berdi. Ma’ruza jarayonida talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berish bilan uyg‘unlashib qiziqarli o‘tdi. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH