KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH TADBIRI O‘TKAZILDI

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH TADBIRI O‘TKAZILDI

   O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan tasdiqlangan “Oliy va o‘rta maxsus vazirligi tizimida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshrirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 30-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 4 fevral kuni “Ta’lim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda Yakkasaroy tumani 4-Ichki ishlar boshqarmasining tergov bo‘limi boshlig‘i J.Panjiev, Yakkasaroy tumani voyaga yetmaganlar guruhi bilan ishlash bo‘yicha katta inspektori podpolkovnik J.Allashev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yakkasaroy tumani bo‘limi boshlig‘i B.Yusupov va institutning yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i T.Allayarov hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Davra suhbatida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yakkasaroy tumani bo‘limi boshlig‘i B.Yusupov talabalarga korrupsiya va unga yetaklab boruvchi zararli yo‘llar shuningdek, inson o‘z nafsiga qul bo‘lib qolishdan ehtiyot bo‘lishi kerakligi, 4-Ichki ishlar boshqarmasining tergov bo‘limi boshlig‘i J.Panjiyev esa tergov jarayonida korrupsiya  bilan shug‘ullanib qolgan maxbuslar va ular qilgan ishlaridan pushaymon bo‘lgan  holatlari haqida ta’sirli fikr-mulohaza bildirishdi. Suhbat so‘ngida talabalar o‘zlari qiziqtirgan savollariga ishtirokchilar tomonidan yetarlicha javob olishdi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishga barchamiz mas’ul ekanligimiz aytib o‘tildi. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH