INSTITUTDA OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

INSTITUTDA OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

    2019 yil 5 fevral kuni institutning madaniyat saroyida talabalar bilan birgalikda ochiq muloqot o‘tkazildi. Ushbu muloqotni “Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha” institut prorektori U.Abdullaev ochib berdi hamda professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Suhbat jarayonida asosan talabalarning ilm olishi, ularga yaratib berilayotgan imkoniyatlardan yetarlicha foydalanish, odob-ahloqlari to‘g‘risida va kiyinish madaniyatiga e’tibor berishligi uqtirildi. Shuningdek, Yoshlar ittifoqi tomonidan berilayotgan yangiliklar, qulayliklar qo‘shimcha qilindi. Xususan, ta’lim olayotgan talaba o‘z loyihasi bilan ishlab chiqarish uchun tashabbus ko‘rsatishligi ham aytib o‘tildi. Jumladan, institutda bepul o‘qitilayotgan o‘quv kurslarida qatnashish, bo‘sh vaqtlarini kitob mutolaasi bilan band qilish, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha chuqur bilim olish bugungi kunning dolzarb muammolaridan ekanligi to‘g‘risida ham  talabalarga ma’lumot berildi. Ochiq muloqot so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan  savollariga yetarlicha javob olishdi. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH