KITOB  MUTOLAASI

KITOB MUTOLAASI

   Kitob o‘qiydigan odam o‘zini ma’noga to‘ldiradi,ziyo bilan yo‘lini yoritadi. Shu ma’noda, kitob insoniyatning eng yuksak kashfiyotlaridan biri hisoblanadi. G‘ildirak ixtirosidan keyin uzoq masofalar yaqin bo‘lganidek, kitob mutolaasi ham olam bilan odamni bir-biriga qalban yaqinlashtiradi. Dillarni birlashtirib, hayotning, yashashning asl ma’nosi neligini ifodalab beradi.                                      
Bir donishmand,”Ko‘mir yona turib, kitob esa mutolaa qilingandagina senga harorat beradi“ deganida ming karra haq bo‘lgan.                                           
   Bugungi kunimizda kitob o‘qishlikka bo‘lgan targ‘ib yurtimizning barcha oliy ta’lim muassasalarida jadallik bilan olib borilmoqda. Shuningdek, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida ham. Jumladan, institutda 6 fevral kuni “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 7-8-16 guruh talabalarini kitobga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish maqsadida davra suhbati o‘tkazildi. Ushbu suhbatda Said Axmadning “Ufq” romani muhokama qilindi. Shuningdek, o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan hisoblangan Abdulla Qahhor bayonida ixchamlik mujassamdir, Oybekning psixologik tasvir mahorati va G‘afur G‘ulom yumori haqida ham fikr-mulohazalar o‘rtaga tashlandi. Ushbu davra suhbatida institutning professor-o‘qituvchilari ham o‘z munosabatlarini bildirib, tahlil qilib o‘tishdi. Mutolaa tahlili jarayonida talabalar adib ijodining ochilmagan qirralarini bilib olishga ega bo‘lishdi. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH