KITOB INSONNI CHIN DO‘STI

KITOB INSONNI CHIN DO‘STI

   Joriy yilning 6 fevral kuni “Matbaa texnologiyalari” fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 10 martdagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob o‘qish va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi” ijrosini ta’minlash yuzasidan hamda Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud kunlarini keng nishonlash maqsadida institutda adabiy kecha o‘tkazildi. Tadbirga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori, professor Sobirov Abdulxay Shukurovich hamda ushbu universitet dotsenti, Abdumurod Tilovovlar tashrif buyurdi.                            
   Shuningdek, tadbirda institutning “Matbaa texnologiyalari” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.A’zamov, TJICHAB Kafedrasi mudiri D.Xolmatov, Korporativ boshqaruv kafedrasi mudiri S.Yuldashev, fakultet murabbiylar kengashi raisi F.Azimova xamda MQJT, TJICHAB, KB, Tillar kafedralarining professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbir qiziqarli savol javoblar asosida o‘tkazildi. Savol-javoblarda faol ishtirok etgan  talabalarga mehmonlar tomonidan esdalik sovg‘alar topshirildi. Tadbir so‘ngida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH