SALOMATLIK-2019 SPARTAKIADASIDA G‘OLIBLAR TAQDIRLANDI

SALOMATLIK-2019 SPARTAKIADASIDA G‘OLIBLAR TAQDIRLANDI

    2019 yil “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” ga bag‘ishlab institutning professor-o‘qituvchilari va ishchi xodimlari o‘rtasida fakultetlararo o‘tkazilgan an’anaviy 57-sonli “Salomatlik-2019” spartakiadasida qatnashib g‘olib bo‘lganlar institutning kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Ushbu taqdirlash marosimida institut rektori B.Onorboev, “Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha” institut prorektori U.Abdullaev, kasaba uyushma qo‘mita raisi A.Xushbakov va sport musobaqasida ishtirok etgan barcha professor-o‘qituvchi hamda ishchi xodimlar qatnashdi.                                          
   Sport musobaqasida quyidagi sport turlari bo‘yicha taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Jumladan, shashka, shaxmat, stol tennisi, voleybol, futbol bo‘yicha taqdirlov bo‘lib o‘tdi. Umumiy hisobda 3-o‘rin Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi akademik litseyi 3-darajali diplom bilan, 2-o‘rin institutning “Matbaa texnologiyalari” fakulteti jamoasiga 2-darajali diplom va “Yengil sanoat texnologiyasi” fakulteti 1-darajali diplom va kubok bilan taqdirlandi.

скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH