ALISHER NAVOIY TAVALLUDINING 578 YILLIGI

ALISHER NAVOIY TAVALLUDINING 578 YILLIGI

O‘zbek o‘zligini tanisa bekam,
Uning barchaga bo‘lgani shudir.
Olamga Navoiy nasliman desa, 
Ovozi baralla bo‘lgani shudir.                                                                                     
   Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligi munosabati bilan 9 fevral kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbir institutning “To‘qimachilik sanoati texnologiyasi” fakulteti tashabbusi bilan tashkillashtirildi. Unda Muqimiy teatridan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan aktrisa Malika Qayumova, aktyor Xayrulla Inog‘omov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Muhofaza” jurnali bosh muharriri shoir Dilshod Rajab va Soib Mirzo hamda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha institut prorektori U.Abdullaev Navoiyning ma’naviy merosini o‘rganish, uni ommaga keng targ‘ib etish borasida olib borilayotgan ishlar haqida hikmatli iboralar bilan ko‘ngillarni bahramand etishdi. Shuningdek,  Jumladan, aktrisa M.Qayumova va aktyor X.Inog‘omovlar tomonidan monolog va g‘azallar o‘qildi.   
   Darhaqiqat, Navoiyning ijodiy xazinasi bitmas-tuganmas ummon. Bugungi kunda yurtimiz va jahon olimlari va tadqiqotchilar Navoiy asarlarini o‘rganib, turkum ilmiy asarlar, risolalar nashr etishmoqda. Xususan, Navoiyning asarlarida insonparvarlik, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, bag‘rikenglik, ota-onaga hurmat, muhtojlarga muruvvatli bo‘lish, yoshlarni komil inson etib voyaga etkazishdagi o‘rni o‘z ifodasini topgan. Tadbir jarayonida Navoiyning ma’naviy merosi, ijodi haqida jahon adabiyoti namoyandalarining fikrlaridan parchalar keltirildi.

 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH