OILA JAMIYATNING BIR BO‘LAGI

OILA JAMIYATNING BIR BO‘LAGI

   Xalqimizda oila bilan bog‘liq o‘ziga xoslikni ming yillar davomida hayot sinovlaridan o‘tib kelayotgan nikohning muqaddasligi, ota-onaning farzandlar, farzandlarning ota-ona oldidagi burchi, o‘zaro izzat-hurmat va hamjihatlik, ibo-hayo, oila sha’ni va nomusini asrash kabi hamma birdek itoat etadigan qonunlar majmuasidan iborat, deyish mumkin. Oila sha’ni va nomusini pok saqlash millatimizning eng ulug‘ fazilatlaridandir. Jumladan, yurtimizda oila masalasiga oid tadbirlar, ochiq muloqotlar, davra suhbati, psixolog maslahati, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash kabi ko‘plab uchrashuvlar joriy qilingan. 
   Shuningdek, joriy yilning 8 fevral kuni “Yoshlarni oilaviy hayotga moslashuvi” mavzuida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida davra suhbati o‘tkazildi. Unda “Tikuv buyumlari konstruksiyasi va texnologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va institut psixologi R.Muxamedjanova hamda talabalar ishtirok etdi. Uchrashuv jarayonida yoshlarga oid oila munosabati ularni  hayotga tayyorlash kabi xikmatli iboralar keltirilgan holda maslahatlar berib o‘tildi. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH