AJDODLARGA EHTIROM

AJDODLARGA EHTIROM

   Joriy yilning 8 fevral kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Matbaa texnologiyalari” fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 10 martdagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob o‘qish va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi” ijrosini ta’minlash hamda Buyuk bobokalonlarimiz Alisher Navoiyning 578 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Boburning 536 yillik tavalludini keng nishonlash maqsadida adabiy kecha o‘tkazildi.                                                                                              
   Tadbirga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Xushnud Darvesh, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xodimi, xonanda Dilshod Laziz, Erkin Vohidov ijod fondi direktori Alisher Boymurotov tashrif buyurdi. Shuningdek, institutning “Matbaa texnologiyalari” fakulteti “Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha” dekan o‘rinbosari A.A’zamov, institut “Xotin-qizlar Kengashi” raisi M.Umarova hamda fakultet talaba-yoshlari ishtirok etdi.



скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH