TOʻQIMACHILIK TEXNOPARKIDA RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLANADI

TOʻQIMACHILIK TEXNOPARKIDA RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLANADI

Toʻqimachilik va moda industriyasi rivojlanishi, yuqori sifatli toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish, mato va uskunalarning yangi avlodini ishlatish uchun, avvalo, raqobatbardosh kadrlar kerak.                                    
Prezidentimizning 2017 yil 7 fevralda qabul qilingan “Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti huzurida Koreya Respublikasi Hukumatining begʻaraz koʻmagini jalb etgan holda Oʻquv-amaliy toʻqimachilik texnoparkini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ushbu maqsadlarga xizmat qiladi.                                                                                                                
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan Koreya Respublikasi Savdo, sanoat va energetika vazirligi oʻrtasida imzolangan memorandumga muvofiq, ayni paytda ushbu toʻqimachilik texnoparkini barpo etish, uni zarur inventarlar bilan taʼminlash ishlari olib borilmoqda.                  
Toʻqimachilik texnoparkida 13 fevral kuni Koreya texnologiya instituti vakillari bilan oʻtkazilgan uchrashuvda texnoparkni barpo etish va unga mutaxassislar jalb qilish masalalari muhokama qilindi.        
Texnoparkda Koreya texnologiya instituti olimlari bilan hamkorlikda oʻquv-amaliy mashgʻulotlar olib borish, xalqaro oʻquv dasturlari asosida yosh olimlarning izlanishlarini yoʻlga qoʻyish, materialshunoslik, boʻyash-pardozlash, ishlab chiqarish, gazlama va kiyim-kechaklar dizaynini yaratish koʻzda tutilgan. Bundan tashqari, yuqori texnologiyali buyumlar ishlab chiqarish va innovatsion xizmatlar koʻrsatish, raqobatbardosh muhandis-texnik xodimlar tayyorlash imkoni yaratiladi.                            
Oʻquv-amaliy toʻqimachilik texnoparki mini-klaster sifatida faoliyat yuritadi. Mamlakatimizdagi paxta-toʻqimachilik klasterlariga shartnoma asosida mahalliy va chet ellik mutaxassis va ekspertlarni jalb etishga koʻmaklashadi.                 
Texnoparkning trikotaj boʻlimida Koreyadan keltirilgan zamonaviy trikotaj toʻqimalarining yangi turlarini yaratish, yurtimizda yetishtirilgan tabiiy va kimyoviy tolali gazlamalarni yuqori sifatda pardozlash, zamon talabiga mos assortimentlarini yaratish rejalashtirilgan.                                                                       
– Bu yerda xomashyodan tayyor mahsulot toʻqishgacha boʻlgan jarayon qamrab olinadi, – deydi Koreya texnologiya instituti xodimi Jong Che Pak. – Yangi ishlanmalar tajribadan oʻtkaziladi va amaliyotga joriy etiladi. Shu orqali taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyalashuviga erishiladi. Kelajakda faoliyatimizni xalqaro tajriba asosida yanada kengaytirish niyatidamiz.                                                   
Ma’lumot OʻzA dan olindi
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH