MEHRIBONLIK UYIGA TASHRIF

MEHRIBONLIK UYIGA TASHRIF

 Odam hamma narsaga to‘yishi mumkin. Faqat bir narsaga – mehrga to‘ymaydi. Bu masalada shohu gado borobardir.                                         
  Holbuki, dunyoda bundan arzon narsa yo‘q. Bir og‘iz shirin so‘z, bir chimdim mehr kimni o‘ldiribdi deysiz. Ozroq ko‘ngilni kengroq qilinsa bas. Kimgadir mehr berib, evaziga qahr kutilmaydi-ku, axir?! Bugun bog‘ingga ekkan niholingni mehr ila parvarish qilsang, u ertaga senga o‘z mevasini berishi ham haqiqat-ku?!                                                                                                          
  Shuni isboti o‘laroq joriy yilning 13 fevral kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat intitutida “Tikuv buyumlari konstruksiyasi va texnologiya” kafedrasi assistenti, guruh murabbiyi D. Baxriddinova hamda 18r-17 guruhi talabalari Toshkent shahri Yashnobod tumani 30-son Mehribonlik uyiga tashrif buyurishdi. Ular mehribonlik uyidagi bolalarni ko‘nglini ko‘tarishlik maqsadida kitoblar sovg‘a qilishdi. Shuningdek, kelajakda yurtimiz uchun yetuk olim, mutaxassis, o‘z sohasining ustasi bo‘lib voyaga yetishlari aytib o‘tildi. Asosiysi, bolalarning ko‘ngillari ko‘tarildi.  
  
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH