BOBUR TAVALLUDINING 536 YILLIGI

BOBUR TAVALLUDINING 536 YILLIGI

   Boburnoma – o‘zbek namunaviy adabiyotidagi bebaho asarlardanbiri hisoblanadi. Unda O‘rta Osiyo, Afg‘oniston, Hindiston va Eron xalqlari tarixi, jug‘rofiyasiga oid qimmatli ma’lumotlar bor. O‘sha davr o‘zbek adabiy tilining yorqin namunasi ekanligi esa yanada muhimroqdir.                                           
   Olim va shoir, shoh va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 536 yilligi munosabati bilan yurtimizda adabiy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Shunday tadbirlarning birida 14 fevral kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Tikuv buyumlari konstruksiyasi va texnologiya” kafedra o‘qituvchilari va talabalari Zahiriddin Muxammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy ma’rifiy tadbirda ishtirok etishdi.       
Qayd uchun Zahiriddin Muxammad Bobur haqida 10 ta qiziqarli ma’lumot:
1.     Bobur 12 yoshida taxtga o‘tirgan.
2.     Bobur 14 yoshida uylangan.
3.     Bobur «harb ilmi»ga bag‘ishlangan kitob yozgan shoh. 
4.     Bobur dunyo sharqshunos olimlari tomonidan eng ko‘p o‘rganilgan shaxs.
5.     Bobur o‘zi «xatti boburiy» deb nomlangan yozuv turini ishlab chiqqan.
6.     Bobur o‘zi askarlari bilan Hindiqush tog‘idan qor kechib o‘tgan.
7.    Bobur Amir Temur avlodi va Toshkent hokimi Yunusxon (ona tarafidan) nabirasi bo‘lgan.
8.     Bobur buyuk shoir Alisher Navoiy bilan xat orqali muloqotda bo‘lgan.
9.     Boburnoma o‘zbek tilidagi ilk memuar asar.
10.   Bobur qabri Qobulda joylashgan.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH