BOBURNING LIRIK MEROSI

BOBURNING LIRIK MEROSI

Otlar elar shiddatdan terlab,
Yangrar xatar to‘la taqalar,
Hurkib ko‘kka sapchir, patirlab,
Tun uyqusi – qora qarg‘alar.
Boburning lirik merosi “Qobul devoni” (1519)ga, 1528-29 yillarda “Hind devoni” ga jamlangan. She’rlarining umumiy hajmi 400 dan ortadi. Shundan 119 g‘azal, 231 ruboiy va tuyuq, qit’a, fard, masnaviy kabi janrlarda asarlar bitgan. She’rlarini mavzu jihatidan oshiqona, ta’limiy, tasavvufiy, hasbi hol kabi turlarga ajratish mumkin. Uning asarlari samimiy, ravon, usluban tugal va mushakkaldir. Bobur ruboiy janrini turk adabiyotida yuksaklikka olib chiqqan shoirdir, deb yozadi “Zahiriddin Muhammad Bobur she’riy ijodidan namunalar” kitobida muallif Xurshid Davron.                                                                              
Xususan, 14 fevral kuni “Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn” fakultetining “Fizika va elektrotexnika” kafedrasi jamoasi 1-talabalar turar joyida buyuk sarkarda va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud ayyomiga bag‘ishlangan davra suhbatini o‘tkazishdi. Unda ushbu kafedra o‘qituvchilari va institut talaba-yoshlari qatnashdi. Jumladan, suhbat jarayonida “Boburnoma” asari va uning g‘azal-ruboiylari o‘qildi. Shuningdek, uning bosib o‘tgan hayot izlari va jasoratiga ham to‘xtalib o‘tildi. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH