TERRORIZM VA UNING SALBIY OQIBATLARI

TERRORIZM VA UNING SALBIY OQIBATLARI

   Joriy yilning  19 fevral kuni “Yigirish texnologiyasi” kafedrasi tomonidan yoshlarimizni diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik kabi illatlar ta’siriga tushib qolishdan saqlash maqsadida “Diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlari” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “Yigirish texnologiyasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Shuningdek, “Ko‘kcha” masjidida uzoq yillar faoliyat yuritgan diniy ulamolarimizdan biri Valiqori o‘g‘illari G‘aybulla domla tashrif buyurdi.
   Bugungi kunda “ommaviy madaniyat” niqobi ostida kirib kelayotgan turli yot g‘oyalar, qarashlar va odatlar yoshlarni chalg‘itmoqda. Bu vaziyatda yoshlarga nima to‘g‘riyu nima xato ekanligini anglab olishlari uchun o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar muhim ahamiyat kasb etayotir.
  Tadbirda ta’lim muassasalarida yoshlarni turli tahdidlardan himoya qilish, ularda yurt ravnaqiga daxldorlik hissini uyg‘otish yuzasidan olib borilayotgan ishlar, diniy ekstremizm mafkurasi tarqalishini oldini olish, aqidaparast g‘oyalarni fosh etish bo‘yicha ishlarni yanada takomillashtirish xususida fikr yuritildi. Bu boradagi ishlarga hissa qo‘shish har bir yurtdoshimizning burchi ekani ta’kidlandi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH