TASVIRIY SAN’AT KO‘RGAZMASI NAMOYISH ETILDI

TASVIRIY SAN’AT KO‘RGAZMASI NAMOYISH ETILDI

   Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining dizayn studiyasida 20 fevral kuni “Tasviriy san’at” ko‘rgazmasi namoyishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu ko‘rgazma “Kostyum dizayn” kafedrasi boshchiligida tashkillashtirildi. Ko‘rgazmaga institut rektori B.Onorboev, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor X.Kamilova, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor U.Abdullaev va professor-o‘qituvchi hamda talabalar tashrif buyurdilar. Institut rektori B.Onorboev ko‘rgazmada o‘z ijodini taqdim etgan o‘qituvchi va talabalarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Kelgusida shunga o‘xshash ko‘rgazmalarni keng ommaga taqdim etishlik taklifi berildi.  
   Ko‘rgazmani tashkil etishdan asosiy maqsad libos va dizayn yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalarni tasviriy san’atga qiziqtirish hamda bugungi ko‘rgazmalar ustoz-shogird hamkorligining bir namunasi deydi, institut kostyum dizayn katta o‘qituvchisi N.Isaxodjaeva.                                                            
   Shuningdek, ko‘rgazmada manzara, turmush, natyurmort, portret, tarixiy animal, interyer janrlari taqdim etildi. Janr rassom nimani tasvirlayotganligiga qarab belgilanadi. Masalan, odam rasmini ishlansa “Portret” tabiat va shahar ko‘rinishlari tasvirlansa “Manzara”, hayot va mehnat jarayonlari tasvirlansa “Turmush” janriga xos bo‘ladi. Shuningdek, tarixiy voqealarni tasvirlash tarixiy janrga, hayvonlarni tasvirlash, animal janr deb yuritiladi. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH