JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT

JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT

2019 yilning 21-fevral kuni institutning “To‘qimachilik sanoati texnologiyasi” fakulteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasida talaba-yoshlarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Toshkent shahar Yakkasaroy tumani bosh imom-xatibiO‘tkir Hakimov Turdiboevich ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi. 
Davra suhbatida institutningprofessor-o‘qituvchilari hamda 4,5-18 guruh talabalari ishtirok etishdi.
Mazkur davra suhbatini kafedra mudiri dotsentB.Isroilov ochib berib, hozirgi kunda mamlakatimizda barcha sohalar qatori diniy sohada ham olib borilayotgan islohotlar haqida gapirib o‘tdi. Shuningdek, talabalarga axborot globallashuvi sharoitida jaholatning har qanday ko‘rinishlariga qarshi faqatgina ilm orqali kurashish zarurligi uqtirildi.  
Shundan so‘ng “Rakat” jome masjidi imom-xatibi O‘. Hakimov so‘zga chiqib, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish to‘g‘risida talabalarga diniy manbalar asosida ma’lumot berib, “Qur’oni Karim”dagi oyatlar va “Hadis”larning mazmuni haqida ma’lumot berdi.
Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga “Rakat” jome masjidi imom-xatibi O‘.Hakimov va “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari javob berishdi. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH