TTYESI – BAKAN TEX HAMKORLIGI

TTYESI – BAKAN TEX HAMKORLIGI

   Joriy yilning 21 fevral kuni “Bakan tex”korxonasida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Yigirish texnologiyasi”kafedrasi filialining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida institut rektori, prorektorlari, fakultet dekanlari va “Yigirish texnologiyasi” kafedrasining professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar. 
   Tashrif chog‘ida institut jamoasi korxona laboratoriyasida bo‘lib, «Bakan tex» MCHJning tashkil etilishiga oid taqdimot, yigirilgan ip ishlab chiqarish bosqichlari, shuningdek, paxta tolasi va yigirilgan ip sifatini  eng zamonaviy usulda aniqlash jarayonlari bilan  yaqindan tanishishdi. 
   Kuzatuv jarayonida ta’kidlanganidek, daladan terib olingan paxta hosili tayyor kalava holiga kelguncha bir nechta texnologik bosqichlardan o‘tadi. Mazkur korxonada bu jarayonlar to‘liq kompyuterlashtirilgan uskunalar yordamida amalga oshirilyapti. 
   Jumladan, paxta tolasi ip yigirish mashinasida yigirilib, kompyuterlashtirilgan tizimda qayta taraladi. Shundan so‘ng tayyor mahsulotni robotlar qutilarga joylashtiradi. 
   Ta’lim sifatini oshirishda nazariy va amaliy bilimlar uyg‘unligini ta’minlash juda muhim omillardan biri hisoblanadi. Amaliyotni yanada kengaytirish, talabalarimizni ish joyi, yashash sharoitini hisobga olgan holda haftaning  har payshanba kunlari shu korxonada amaliyot kunlari tashkil qilinadi. 

скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH