TOSHKENT TO‘QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTI JAMOASI BAKAN TEXDA

TOSHKENT TO‘QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTI JAMOASI BAKAN TEXDA

   Joriy yilning 21 fevral kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida Toshkent shahridagi «Bakan tex» MCHJ paxta yigiruv korxonasigaamaliy sayohat tashkil etildi.
   Unda institut jamoasi korxona laboratoriyasida bo‘lib, «Bakan tex» MCHJning tashkil etilishiga oid taqdimotlar, paxta tolasi ishlab chiqarilish bosqichlari, shuningdek, paxta sifatini eng zamonaviy usulda aniqlash jarayonlari bilanyaqindan tanishdi.
   Korxonani tanishtiruv jarayonida ta’kidlanganidek, daladan terib olingan paxta hosili tayyor kalava holiga kelguncha bir nechta texnologik bosqichlardan o‘tadi. Mazkur korxonada bu jarayonlar to‘liq kompyuterlashtirilgan uskunalar yordamida amalga oshirilyapti. Jumladan, paxta tolasini ip yigirish mashinasida yigirish, qayta tarash ishlari kompyuterlashtirilgan tizimda va tayyor mahsulotni qadoqlash hamda qutilarga joylash ishini esa to‘liq robotlar bajaradi.
   Paxta tolasini qayta ishlashda uning pishiqligi muhim faktor hisoblanadi. Korxonadagi ish jarayonida belgilab qo‘yilgan maxsus harorat orqali esa paxta tolasining uzilish jarayonini kamaytirishga erishilgan.  
Amaliy sayohatda sohaning bo‘lajak mutaxassislari paxtani dastlabki va qayta tozalashdan ip kalava holiga kelgunga qadar bo‘lgan shu kabi jarayonlar bilan yaqindan tanishdi.
   «Ta’lim sifatini oshirishda nazariy va amaliy bilimlar uyg‘unligini ta’minlash juda muhim omil. Amaliyotni yanada kengaytirish, talabalarimizni ish joyi, yashash sharoitini hisobga olgan holda haftaning  har payshanba kunlari shu korxonada amaliyot kunlarini tashkil qilamiz. Bu borada institut tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratiladi», - deydi institut rektori Bahodir Onorboev.
   Sayohatda korxonaning sifat menejeri, hindistonlik Ramagandra Daveedu Rajab «Bakan tex» MCHJning istiqboldagi rejalari haqida ham gapirib berdi.
Ma’lumot uchun, mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi «Bakan tex» o‘zbek-turk qo‘shma korxonasi 2017 yilda tashkil etilgan bo‘lib, korxonada sifatli paxta tolasi ishlab chiqariladi. Korxonada kuniga 41 tonna tayyor mahsulot ishlab chiqariladi.    
                 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH