O‘ZBEK KURASHI BO‘YICHA VAZN TOIFALARI KO‘PAYTIRILADIGAN BO‘LDI

O‘ZBEK KURASHI BO‘YICHA VAZN TOIFALARI KO‘PAYTIRILADIGAN BO‘LDI

   Joriy yilning 25-fevral kuni Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov poytaxtdagi Hyatt Regency mehmonxonasida Xalqaro kurash assotsiatsiyasi prezidenti, OOK Osiyo o‘yinlari departamenti direktori Haydar Farmon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
   Unda o‘zbek milliy sporti hisoblangan kurashning Osiyo o‘yinlaridagi o‘rnini mustahkamlash yo‘lida muzokaralar olib borildi,deb xabar berdi daryo.uz.
   Uchrashuvda MOQ rahbari 2022-yilgi Osiyo o‘yinlarida o‘zbek kurashi bo‘yicha bahslarida vazn toifasini ko‘paytirish g‘oyasini ilgari surdi. Ushbu taklif  Xalqaro kurash assotsiatsiyasi prezidenti tomonidan ham qo‘llab-quvvatlandi. Bu bo‘yicha Osiyo Olimpiya Kengashi xulosasi Xanchjou—2022, Nagoya—2026 o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasiga ham yuborildi.
   Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, 2022-yilgi Osiyo o‘yinlaridan boshlab kurash 15 ta vazn toifasida (7 ta erkaklar, 8 ta ayollar) tashkil etiladi. Shuningdek, erkaklar va ayollar o‘rtasida jamoaviy bellashuvlar ham o‘yinlar dasturidan o‘rin oladi. Shu tariqa, o‘zbek sporti nufuzi Osiyo o‘yinlarida yanada ko‘tariladi va kurash bahslarda umumiy hisobda 17 ta medallar jamlanmasi o‘ynaladi.
   Eslatib o‘tamiz, 2018-yilgi Osiyo o‘yinlarida 7 ta vazn toifasida (4 ta erkaklar, 3 ta ayollar) bellashuvlar o‘tkazilgan. Musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qilgan 14 sportchidan 12 nafari medallarga sazovor bo‘lgandi.
    Eslatib o‘tamiz, 24-fevral, yakshanba kuni Osiyo Olimpiya Kengashi (OCA) prezidenti Shayx Ahmad al-Fahad as-Saboh Toshkent shahriga tashrif buyurgandi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH