TURIZM YOHUD KADR MUAMMOSI

TURIZM YOHUD KADR MUAMMOSI

   O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda turizm xizmatlari sohasida kadrlar tayyorlash uchun mutaxassisliklar ro‘yxatini kengaytirish, kadrlar tayyorlash bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi o‘quv rejalarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi, deb xabar bermoqda kun.uz sayti. 
   Oliy ta’lim muassasalari qoshidagi davlat unitar korxonalari, litsenziya asosida faoliyat yurituvchi nodavlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan tashkilotlar gid, ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-kuzatuvchilarni qayta tayyorlashlari va malakalarini oshirishi hamda qayta tayyorlash to‘g‘risidagi guvohnoma va malaka oshirish to‘g‘risidagi sertifikatni berishlari mumkin. 
   Bunda: gid, ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-kuzatuvchilarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining o‘quv reja va dasturlari bir hafta muddatda o‘rnatilgan tartibda Ishchi organ bilan kelishiladi va Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadi;
gid, ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-kuzatuvchilarni qayta tayyorlash va malaka oshirish bilan shug‘ullanuvchi O‘quv markazlari professor-o‘qituvchilar va murabbiylarining kasb hamda malaka darajalari o‘rnatilgan tartibda Ishchi organ bilan kelishiladi.
   Malaka sertifikatiga ega bo‘lgan har bir gid, ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-kuzatuvchi Qo‘mita tomonidan tasdiqlanadigan 72 soat hajmdan kam bo‘lmagan malaka oshirish dasturlari bo‘yicha har uch yilda malaka oshirish kurslarini o‘tashi shart.
Malaka imtihonini topshirish uchun talabgor quyidagi talablarga javob berishi kerak:
a) O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lishi;
b) Oliy yoki o‘rta maxsus kasb-hunar ma’lumoti haqidagi diplomga ega bo‘lishi;
v) Ishchi organ yoki uning filiallari va O‘quv markazlarida gid, ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-kuzatuvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarini o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lishi.
   Gid, ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-kuzatuvchi mutaxassisligi bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi diplomiga ega bo‘lganlar oliy toifa olish uchun malaka imtihonlarida qatnashish huquqiga ega.
Gid, ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-kuzatuvchilarga malaka toifalari beriladi.
   Talabgor malaka imtihonini topshirish uchun Ishchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish to‘g‘risidagi ariza;
b) oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ma’lumoti haqidagi diplom yohud vakolatli davlat organining xorijiy ta’lim muassasasida olingan hujjatning nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) guvohnomasining nusxasi;
v) ikki dona fotosurat (3x4 hajmda);
g) gid, ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-kuzatuvchilarni qayta tayyorlash kurslaridan o‘tganligi haqidagi amaldagi guvohnoma hamda malaka oshirish sertifikati nusxalari;
d) malaka sertifikatini olish (rasmiylashtirish) uchun eng kam oylik ish haqining bir barobari miqdoridagi yig‘imni amalga oshirganligini tasdiqlovchi bank to‘lov hujjati;
e) pasport nusxasi;
j) 086 shaklidagi tibbiy ma’lumotnoma (yo‘riqchi-kuzatuvchi uchun);
z) mavjud hollarda tegishli idoralar tomonidan berilgan sport bo‘yicha erishgan yutuqlari va razryadlarini tasdiqlovchi hujjatlar (yo‘riqchi-kuzatuvchi uchun).
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH