TTYESI RAHBARIYATI “O‘ZBEKISTON NASHRIYOT-MATBAA IJODIY UYI”DA

TTYESI RAHBARIYATI “O‘ZBEKISTON NASHRIYOT-MATBAA IJODIY UYI”DA

Kitob – haq va shukronalik holda o‘qituvchi.
Har lahza u sizga donolik vahiy beradi. 
   Alisher Navoiy

   Lekin negadir so‘nggi paytlarda uning ahamiyati biroz kamayayotgandek. Avvaliga bunga televizorni ro‘kach qilgan bo‘lsak, endilikda kishilarning asosiy axborotni kompyuter orqali internetdan olayotgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda. SHu sabab yuzaga kelgan turlicha fikr-qarashlar kitobning yaratilish tarixiga yana bir karra nazar solish, ayni paytda ilm manbaining kelajagi to‘g‘risida ham mulohaza yuritishga turtki bo‘ladi.
Ko‘pchiligimiz kitob, gazeta-jurnal o‘qiymizu, biroq shu o‘qilayotgan kitoblar qanday tayyorlanganligi haqida hech o‘ylab ko‘rganmizmi? Xususan, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutirahbariyati joriy yilning 1 mart kuni “O‘zbekiston nashriyot-matbaa ijodiy uyi” ga tashrif buyurdi. Tashrif jarayonida ishtirokchilarga video taqdimot namoyishi o‘tkazildi. Shundan so‘ng, bosmaxona laboratoriya amaliyotini bosqichma-bosqich ko‘rib chiqildi. Amaliyotni ko‘rish jarayonida institutning “Matbaa texnologiyasi” fakultet talabalari bilan ham muloqot olib borildi. Ular bilim ko‘nikmalarini oshirish maqsadida amaliyot jarayonini reja asosida  nashriyotda o‘tayotganliklarini aytib o‘tishdi. 
Qayd etish joizki, institut va nashriyot o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatish kelgusida kadrlarning yetuk mutaxassis bo‘lib chiqishida katta ahamiyatga ega ekanligi hamda nazariya bilan amaliyot uyg‘unligi aniq bir natija berishligi bugungi kunning tajribasi o‘laroq isbotlanib kelmoqda. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH