JINOYATLAR VA ULARNI OLDINI OLISH

JINOYATLAR VA ULARNI OLDINI OLISH

   Mamlakatimizda jinoyatchilik va uni keltirib chiqaruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Bu yo‘nalishda yoshlarning huquqbuzarlik yo‘liga o‘tishlarining oldini olishga katta e’tibor qaratilmoqda.
    Joriy yilning 1 mart kuni institutning talabalar turar joyida “Matbaa texnologiya”fakulteti “Tillar” kafedrasi tomonidan Yoshlar o'rtasida huquqbuzarlikni oldini olish maqsadida ”Odam savdosiga qarshi kurash va yoshlar orasida ko‘p uchraydigan jinoyatlar va ularni oldini olish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlikning oldini olish – butun jamiyatning vazifasi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, aksariyat jinoyatchilarning shaxsi dastlab tarbiyasizlik oqibatida shakllanib kelmoqda. Tarbiyasi og‘ir o‘smir – axloqan tuzatish va qayta tarbiyalashga muhtoj bo‘lgan shaxsdir. Uni axloqan tuzatish va tarbiyalash jinoyatchiga aylanishining oldini­ olish, shuningdek, jamiyat bilan normal aloqalarini tiklash, unda faol hayotiy pozitsiyani shakllantirish maqsadida amalga oshiriladi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH