INSTITUT MALIKASI-2019

INSTITUT MALIKASI-2019

   
   Institutda 1 mart kuni talaba-qizlarning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish, yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida tarbiyalash, milliy an’analarimiz, urf-odatlarimizga sodiqlik ruhini shakllantirish, ularning intellektual aql-zakovati hamda bilim olishga bo‘lgan qobiliyatlarini yanada rivojlantirish maqsadida “Institut malikasi-2019” ko‘rik tanlovini o‘tkazdi. Ushbu ko‘rik tanlovni yuqori saviyada o‘tkazish uchun ishchi guruh tashkillashtirildi. Jumladan, institutning “Yoshlar bilan ishlash” bo‘yicha prorektori U.Abdullaev, “Ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi boshlig‘i T.Allayarov, “Xotin-qizlar qo‘mitasi” raisi T.Toyirova, institut psixologi R.Muxammedjanova, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi A.Azimov va PSTF dekani M.Ruzmetov, TSTF dekani K.Avazov, YeSTDF dekani R.Akbarov, MTF dekani X.Temirov hamda institut talaba-yoshlari jonbozlik ko‘rsatishdi.

   “Institut malikasi-2019” ko‘rik tanlovida “men baxtli o‘zbek qiziman”, “jismoniy tarbiya va sport-salomatlik garovi”, “pazanda qiz”, “sahna ko‘rinishi” va savol-javoblardan iborat bo‘ldi. Ko‘rik tanlovning har bir sharti taklif etilgan hakamlar tomonidan 5 ballik mezonda baholandi.
“Eng namunali qiz” bo‘yicha PSTF 2-18 talabasi Sh.Tursunxo‘jaeva, “Iqtidorli qiz” TSTF 8-18 M.Madaminova, YeSTDF “Eng odobli qiz” 25-18 talabasi R.Izzatillaxo‘jaeva va MTF talabasi E.Zukurova “Eng chaqqon qiz” musobaqasi bo‘yicha g‘olib bo‘lishdi. 
G‘oliblar tashkiliy qo‘mita, jamoat tashkilotlari va institut rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.    
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH