AYOL BAXTLI BO‘LSA OLAM GO‘ZAL

AYOL BAXTLI BO‘LSA OLAM GO‘ZAL

   Ayollarni qancha ta’riflasang, qancha ardoqlasang shuncha kam. Ayollar bayrami borki, sizlarning dilingizni xushnud qiladigan shirin so‘zlar ila tabassumingizni uyg‘otishga muyassar bo‘lganimizdan biz erkaklar shukrona qilamiz. Darhaqiqat, ayol borki olam munavvar. 

   Jumladan, 8 mart “Xotin-qizlar kuni”ni keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida 2019 yil 6 mart kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining madaniyat saroyida “Ayol baxtli bo‘lsa olam go‘zal” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.     Institutda uzoq yillar faoliyat ko‘rsatib, o‘z mehnati bilan jamoada o‘rnak bo‘lgan, hozirda nafaqaga chiqqan ustoz-murabbiylar, tashabbuskor professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Shuningdek, Ozarbayjon elchixonasi qoshidagi Gaydar Aliev nomidagi Ozarbayjon milliy markazi direktori Samir Abbosov va markaz jamoasi hamda O‘zbek Milliy Akademik Drama teatri aktyorlari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Toxir Saidov va O‘zbekiston xalq artisti Zuxra Ashurovalar tashrif buyurishdi.           
    Tadbirni “Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha” institut prorektori U.Abdullaev kirish so‘zi bilan ochib berdi va barcha ayollarni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rahbariyati nomidan bayram bilan samimiy tabrikladi.   
                
   Anjumanda so‘z olganlar tomonidan jamiyat rivojida ayollarning tutgan muhim o‘rni, ishlab chiqarish, fan, ta’lim, madaniyat va barcha  sohalarda mehnat qilayotgan xotin-qizlarning faolligi, oila va farzandlar tarbiyasidagi roli alohida e’tirof etildi.                                                               
    Tadbirga tashrif buyurgan aktyorlar o‘zlarining mahoratlari bilan tadbir ishtirokchilarini ko‘nglini xushnud etishdi. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH