BAHORIY KAYFIYAT

BAHORIY KAYFIYAT

Mana o‘lkamizda biz kutgan bahor ham tashrif buyurdi. Uning istiqboli bilan atrofda parrandayu darranda, qurtu qumursqa, inson zotiga rizq-nasiba ulashuvchi, saxovatpesha ona zamin uyg‘onmoqda. Hut kirib, o‘lkamiz yanada chiroy ochishga chog‘lanayapti. Dov-daraxtlar “badani”ga suv yugura boshladi. Qushlar inidan qo‘zg‘alib, sizu bizni sog‘intirgan nash’u na’mosini yana yangratayotir. Yangi kun-Navro‘zi olam eshik qoqayapti. Sizu biz – barchamiz ezgu niyatlar ijobati va bunyodkorliklar bilan yuzma-yuz turibmiz.
Xususan, jannat makon o‘lkamizda yashovchi yurtdoshlarimiz ham bahoriy kayfiyatda o‘zgacha ruh bilan tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Jumladan, 9 mart kuni institutning “Fizika va elektrotexnika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari kafedraga tegishli bo‘lgan hududini obodonlashtirib, jamoaviy ishlarda faol ishtirok etmoqdalar.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH