INTER TEKSTIL BOSH MENEDJERI INSTITUTDA

INTER TEKSTIL BOSH MENEDJERI INSTITUTDA

Joriy yilning 19 mart kuni “INTER TEKSTIL” korxonasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bosh menedjeri Maxmud Axmadov institutning Kimyoviy texnologiya” kafedrasi bitiruvchi talabalari bilan suhbat o‘tkazdi. 
Suhbat jarayonida korxonaning bugungi holati va bo‘sh ish o‘rinlari hamda unga bo‘lgan talablar masalasi haqida ma’lumot berildi. Uchrashuv qiziqarli va savol-javob tarzida mazmunli o‘tdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. 
Uchrashuvdan asosiy ko‘zlangan maqsad bitiruvchi talabalarni ish bilan ta’minlash va kelajakda o‘z yo‘lini topishga ko‘mak berishdir.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH