TOSHKENT TO‘QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTIDA KURASH BO‘YICHA MUSOBAQA O‘TKAZILDI

TOSHKENT TO‘QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTIDA KURASH BO‘YICHA MUSOBAQA O‘TKAZILDI

Kurash – halqimizning milliy sport qadriyatlari hisoblanadi. O‘rta Osiyoda kurash nomi bilan ataluvchi bu sport turi ota-bobolarimizdan bizgacha meros bo‘lib kelmoqda. Mana shunday an’anani davom ettirish maqsadida 2019 yil 19 mart kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Pedagogika va jismoniy madaniyat” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan institutda “Kurash” sport turi  bo‘yicha Toshkent shahrining oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “TTYeSI  birinchiligi” musobaqasi o‘tkazildi.  
Ushbu musobaqada 60 kg vazndan tortib 100 kg vazngacha bo‘lgan sportchilar kuch sinashdilar. Xususan, musobaqada “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti” “Yakka kurash” sport turlari fakulteti “Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchisi S.Adilov, Toshkent shahar Bektemir tumani 1-sonli BO‘SMning kurash sport turi murabbiylari A.Boboev, D.Umurzoqovalar tashrif buyurishdi hamda hakamlik qilishdi.
Musobaqada ishtirok etayotgan sportchilar orasidagi bellashuv keskin kurashlar ostida o‘tdi. Tomoshabinlar gilamda bellashib turgan kurashchi do‘stlarini qo‘llab-quvvatlab turishdi. Hakamlar har bir jangni diqqat bilan kuzatib borishdi. 
Jumladan, 60 kg vazn toifasida 1-o‘rinni Bobur Boqiev Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti, 2-o‘rin Abdimurod Eshqobilov O‘zDJTU, 3-o‘rin Oybek Eshboltaev TTYeSIga nasib etdi. 
66 kg vaznda esa 1-o‘rin Shaxzod Yo‘ldashov TTYeSI, 2-o‘rin Mirzabek Ismoilov TTYeSI va 3-o‘rin Tolibjon Sodiqov O‘zDJTU g‘olib bo‘ldi.
73 kg vazndagi kurashchilarimizdan 1-o‘rin Jasur Olimov Toshkent kimyo texnologiya instituti, 2-o‘rin Doniyor Ibragimov TTYeSI, 3-o‘rin Xusniddin Xo‘jaqulov Toshkent axborot texnologiyalari universiteti egalladi. 
81 kg vazn toifasidagi kurashchilarimizdan 1-o‘rinni Mirjalol Ahmedov Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2-o‘rin Ramazon Ruxiddinov TIQXMMI, 3-o‘rin Sadir Xudoyberdiev O‘zDJTU egalladi.
90 kg vaznda 1-o‘rin Rasuljon Obidov Toshkent davlat yuridik universiteti, 2-o‘rin  Dilshod Ochilov TKTI hamda 3-o‘rin Abdujabbor Valiev TIQXMMI g‘olib bo‘ldi.
100 kg vaznda 1-o‘rin Jonibek Hakimov Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti, 2-o‘rin  Davronbek Sultonbekov O‘zDJTU, 3-o‘rin Norqulov Sunnat Toshkent moliya institutiga nasib etdi. 
G‘olib bo‘lgan kurashchilar medal va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH