INSTITUTDA KOREYALIK INVESTOR YUNG-XO SHON BILAN SUHBAT BO‘LIB O‘TDI

INSTITUTDA KOREYALIK INVESTOR YUNG-XO SHON BILAN SUHBAT BO‘LIB O‘TDI

   2019 yil 19 mart kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Kimyoviy texnologiya” va “Tikuv buyumlari texnologiyasi” kafedralari o‘rtasida “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” munosabati bilan davra suhbati o‘tkazildi. Ushbu suhbatga Koreyalik investor Yung-Xo Shon tashrif buyurdi. 
   U koreyadagi lavsan tolasini olish uchun zarur bo‘lgan xom ashyo haqida, uni dispers bo‘yovchi moddalar bilan bo‘yash, undan tola olish,  amalga oshirilayotgan texnologik jarayonlar xaqida iliq fikr-mulohazalarini berib o‘tdi. Ma’ruza kafedra o‘qituvchilari va magistr talabalarida katta qiziqish uyg‘otdi. Ma’ruza davomida ishtirokchilar bilan muntazam ravishda muloqot olib borildi.
   Xususan, janob Yung-Xo Shon mavjud texnologiyalarni ko‘rgazmali materiallar yordamida tushuntirdi. Shuningdek,O‘zbekistonni xom ashyo va texnologik jihozlar bilan ta’minlash bo‘yicha shartnomalar va kelishuvlar tuzish mumkinligini qayd etdi. “Kimyoviy texnologiya” va “Tikuv buyumlari texnologiyasi” kafedralari professor-o‘qituvchilari hamda magistratura talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, javob oldilar. Kelgusida hamkorlik shartnomalarini tuzish rejalashtirildi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH