KITOB MUTOLAASI BO‘YICHA GINNES REKORDI O‘RNATILADI

KITOB MUTOLAASI BO‘YICHA GINNES REKORDI O‘RNATILADI

Mamlakatimizda yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash, ular qalbida Vatanga sadoqat, ulug‘ allomalarimiz merosiga, azaliy qadriyatlarga chuqur ehtirom tuyg‘usini singdirishga yuksak e’tibor qaratilmoqda. Zero yoshlar kelajagimiz, ertangi kunimizning suyanchig‘i va tayanchidir. 
Respublika “Yosh ijodkorlar kengashi”ning facebook sahifasida, yurtimizda ilk marotaba kitob mutolaasida eng ko‘p auditoriya yig‘ish bo‘yicha “Ginnes” rekordi o‘rnatiladi, deb xabar berilmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda loyihaning asosiy shartlari quyidagilardan iborat: 
- 10 ming kitobxon bir joyda jamlanishi;
- 20 daqiqa davomida “O‘tkan kunlar” kitobidan o‘qib beriladigan parchani tinglashi;
- Ishtirokchi o‘zi bilan “O‘tkan kunlar” kitobini loyiha o‘tkaziladigan joyga  olib kirishi;
Kitobxonlar milliyligimiz ramzi sifatida o‘zbek do‘ppisi bilan kelishlari tavsiya etiladi.
Loyihada ishtirok etish uchun @RekordBot tizimida ro‘yxatdan o‘ting.
Agar siz telegram messenjeriga ulanmagan bo‘lsangiz, yoki ro‘yxatdan o‘tishda qiyinchilikka duch kelsangiz ushbu telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz yoki ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin: +99895 475-75-72; 95 475-75-73.
Loyiha uchun maxsus chop etilgan “Ginnes” logotipi tushirilgan  “O‘tkan kunlar” kitobini Book.uz saytidan yoki 10-aprel kuni loyiha o‘tkaziladigan joydan eng arzon narxlarda xarid qiling.
Aziz kitobxon, siz kutgan vaqt yaqinlashmoqda. Fursatni qo‘ldan boy bermang!
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH