YOSHLAR – SOG‘LOM HAYOT TARZI TARAFDORI

YOSHLAR – SOG‘LOM HAYOT TARZI TARAFDORI

   Joriy yilning 26 mart kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 16-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Biz radikalizm, missionerlik va prozelitizmga qarshimiz”, “Yoshlar – sog‘lom hayot tarzi tarafdori” mavzularida ilmiy-ma’rifiy suhbat bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjumanga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi katta o‘qituvchisi X.Xidiraliev, Yakkasaroy tumani “Rakat” jome’ masjidi imom noibi K.Asrorov va “Usmon bin Ma’zun” jome’ masjidi imom noibi A.Xamdamov hamda institut dekan o‘rinbosarlari, talaba-yoshlari ishtirok etishdi. Unda “Islom” dinining sof tushunchasi, “Qur’on” va “Hadis”dan namuna, bugungi kunning voqeliklari va OAVda tarqalayotgan noto‘g‘ri ma’lumotlar haqida qizg‘in suhbat olib borildi. 
   Shu o‘rinda yuqoridagi mavzularning ba’zilariga ahamiyat berib o‘tsak maqsadga muvofiq bo‘ladi. 2005 yil Moskvada nashr etilgan Kirill va Mefodiyning katta ensiklopediyasida "Missionerlik – biror diniy birlashma vakillarining o‘z e’tiqodini boshqa din vakillari orasida yoyish harakati", – degan ta’riflar keltirilgan. Shuningdek, “missionerlik” bilan bevosita bog‘liq “prozelitizm” tushunchasi insonlarni boshqa diniy oqimlarga kiritish g‘oyasini o‘z oldiga maqsad qilib olgan. Jumladan, prozelitizmni boshqa dinlarga o‘zlarining g‘arazli g‘oyalarini missionerlik yo‘li (lotincha missio-topshiriq) bilan yoyish, kishilar ongiga tazyiq o‘tkazib, bunda mazkur g‘oyalar butun insoniyat uchun birdan-bir xaloskor yo‘l sifatida targ‘ib va tashviq qilinadi va buning uchun eng zamonaviy informatsion texnologik vosita, usullardan foydalanadi. Bunda kishilar ruhiyati ongiga psixologik, neyrolingvistik ta’sir ko‘rsatishga alohida e’tibor beriladi.
   Ko‘rib turibmizki, missionerlar amalga oshirayotgan ishlar dinga, diniy da’vatga hech qanday aloqasi bo‘lmay, balki bir mamlakatni o‘zlarining siyosiy tizginlariga solib olish uchun rejalashtirilgan nayrang uslublaridir. Muammo nafaqat diniy, balki siyosiy kuchsizlantirishga qaratilganligi bilan xavfli va tashvishlidir. 
   Tadbirda yig‘ilgan talaba-yoshlar ibratli ma’lumotlardan bahramand bo‘lishdi hamda o‘zlariga kerakli xulosalar oldilar. Shuningdek, suhbat oxirida silai rahm to‘g‘risida ham insonlar uchun muhim bo‘lgan va hayotimizda oddiy ko‘rinsa-da, buni ado qilishga imkon topa olmayotgan yoru do‘stlarni yaxshilik qilishga chaqirildi.   
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH