YO‘L QOIDASI-UMR FOYDASI

YO‘L QOIDASI-UMR FOYDASI

   Joriy yilning  26 mart kuni “Yigirish texnologiyasi” kafedrasi tomonidan yoshlarimizni xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport xodisalarining oldini olish, sodir etilayotgan hodisalarning oqibatlariga, ularning yuzaga kelishi shart-sharoitlariga e’tiborni kuchaytirish maqsadida Toshkent shaxar IIB “Kompyuter boshqaruv tizimi” katta muhandisi mayor B. Mamarasulov ishtirokida  “Yo‘l qoidasi-umr foydasi” mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi. Ushbu davra suhbatida “Yigirish texnologiyasi” kafedrasi professor o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdilar. Davra suhbatida mayor B.Mamarasulov “Harakat xavfsizligi” doirasida poytaxtimizda va respublikamizning boshqa hududlarida Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish, transport va piyodalar jumladan, bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rish, transport vositalarining texnik holatini yaxshilash va bu masalalarga keng jamoatchilik, turli tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalarining e’tiborini qaratish asosiy vazifalardan biri ekanligini ta’kidlab o‘tdi.   
   Ayniqsa, yo‘l harakati ishtirokchilarining befarqligi tufayli sodir bo‘layotgan ayanchli yo‘l transport hodisalari to‘g‘risida keltirilgan statistik ma’lumotlar va videorolik namoyishi ushbu tadbir ishtirokchilarini yana bir bor hushyorlikka chaqiruvchi da’vat sifatida yangradi.
   Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga Toshkent shaxar IIB “Kompyuter boshqaruv tizimi” katta muhandisi mayor B. Mamarasulov tomonidan batafsil javob berildi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH