MUROJAATLARNI HAL QILISH MUHIM VAZIFA

MUROJAATLARNI HAL QILISH MUHIM VAZIFA

   Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va qabul qilinayotgan qonunlar barcha sohani huquqiy tartibga solish bilan birga, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish imkonini bermoqda.
   2019 yil 2 mart kuni institutda o‘quv-amaliy seminari o‘tkazildi. Ushbu seminarda institut Monitoring va ichki nazorat bo‘limining boshlig‘i, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlarni muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘yicha xizmat rahbari A.Abdugaffarov fakultet dekanlari va kafedra mudirlari hamda barcha ish yurituvchilariga ma’lumot taqdimotini taqdim etdi. 
   Jumladan, fuqarolarning vakolatli davlat­ organlari, muassasalari yoki xalq vakillariga murojaat qilish bilan­ bog‘liq siyosiy huquqlarini ta’minlash, bu borada ularga qulay shart-sharoit yaratish uchun “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Jumladan, murojaatlar elektron, og‘zaki va yozma shaklda bo‘lishi, fuqarolar va yuridik shaxslarga o‘z uylaridan yoki ish joylaridan chiqmagan holda, inter­net orqali davlat va nodavlat ido­ralarga murojaat yo‘llash imkoniyatini bermoqda. Shuningdek, mazkur­ qonun bilan jismoniy va yuridik shaxslarni, uning vakillarini, oila a’zolarini o‘z huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish, himoya qilish maqsadida davlat organlariga murojaat etgani shuningdek, murojaatlarda o‘z fikrini bildir­gani va tanqid qilgani munosabati­ bilan ta’qib etish man etildi.
  Mazkur yo‘nalishdagi chora-tadbirlarning mantiqiy davomi sifa­tida 2016 yilning sentyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazi­rining internetdagi virtual qabulxonasi ochildi. Bu o‘z navbatida murojaatlar­ bilan ishlash tizimini hozirgi  za­mon talablari asosida takomillashtirish imkoniyatini yanada kengaytirdi. 2016 yilning dekabr oyidan Bosh vazirning virtual qabul­xonasi­ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga aylan­tirilgani, mamlaka­timiz siyosatining ochiq, oshkora va shaffof ekani shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar­ning murojaatlari bundan keyin shaxsan davlat rahbari nazoratida bo‘lishidan dalolat beradi. Bu fu­qarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining davlatga, boshqaruv organlariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlamoqda.­
   2016 yil 28 dekabrda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonning qabul qilingani ham yuqoridagi fikrimizni tasdiqlaydi.
   2018 yil davomida institut rahbariyati (rektor, prorektorlar)ning qabullari tahlil etildi. Jismoniy shaxslardan umumiy 72 ta murojaatlar qayd etilgan. Jumladan, 30 ta murojaatlar virtual qabulxonadan ekanligi ma’lum bo‘ldi.
   Murojaatlarda ko‘tarilgan asosiy masalalar 20 ta banddan iborat. Jumladan, o‘qish masalasi, ish masalasi, kontrakt-to‘lov, shartnoma, doktoranturada o‘qish, o‘qishni ko‘chirish, o‘qishni tiklash, o‘qishga kirish, yakuniy davlat attestatsiyasi, ishga qabul, shaxsiy masala, kompleks o‘rganish, profilaktoriya, xizmat safari, davlat imtihonini topshirish, hamkorlik masalalarida murojaatlar bo‘lgan. 2018 yil  davomida jismoniy shaxslardan  49 ta murojaatlarning  37 tasi ijobiy hal etilgan, 12 nafar jismoniy shaxslarga kerakli ma’lumotlar berilgan. Jumladan, virtual qabulxona orqali 30 ta murojaatlarning 6 tasi qanoatlantirilgan. 24 nafar jismoniy shaxslarga tushuntirish ishlari olib borilgan.
   Institutda tashkil etilgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlarni muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘yicha xizmat a’zolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojatlarni diqqat bilan o‘rganib, ularning mualliflariga qonun yo‘li bilan asosli ma’lumotlar tayyorlanib, o‘z vaqtida javoblar jo‘natilmoqda. Tahlil natijalari institut kengash yig‘ilishlarida muhokama etib kelinmoqda.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH