YOSHLARNI OILAGA TAYYORLASHDA NIKOH MUNOSABATLARI

YOSHLARNI OILAGA TAYYORLASHDA NIKOH MUNOSABATLARI

   Nikoh muhabbatning qaror topishidir. Faqat pishib yetilgan yurakkina chinakamiga seva oladi va shundagina muhabbat nikoh misolida o‘ziga hadya etilgan eng oliy mukofotni ko‘radi. Har qanday shuhrat qarshisida ham xiralanmaydi, balki quyoshnuridan o‘zining xushbo‘y gullarini barq urib ochiltiradi.           
                                                                                               
   Yosh avlodni har tomonlama ma’naviy rivojlantirish, ta’lim-tarbiyada samarali usullarni qo‘llash maqsadida 2019 yil 27 mart kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida pedagog-xodimlar, ota-onalar hamda talabalar ishtirokida “Yoshlarni oilaga tayyorlashda nikoh munosabatlari”, “Reproduktiv salomatlik” mavzusida psixologik seminar o‘tkazildi. Ushbu seminarga Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazidan B.Bashirov, O.Todjixodjaeva, G.Muxamedova va Yakkasaroy tumani Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis M.Aripovalar tashrif buyurdi.                                     
  Tadbirda oila tarbiyasining nazariy tomonlari hamda ideal oila haqida tushunchalar berish bilan birga nikohning muqaddasligi uni asrab-avaylash muhim vazifa ekanligi aytib o‘tildi.  
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH